«Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkiloti

«Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkiloti 2015 yili tuzilgan.

Tashkilot faoliyatining bosh maqsadi - Moskva va Rossiyaning boshqa regionlarida migrantlarning qonuniy yashashiga ko‘maklashish, Rossiya jamoatchiligi o‘rtasida turli millat vakillariga nisbatan o‘zaro hurmat, ahillik muhitini barpo etishga qaratilgan.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
- Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari bilan Rossiyaning migratsiyaga doir qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
- chet el fuqarolari uchun amaldagi qonunchilik masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
- Ommaviy axborot vositalarida Rossiyaning migratsiya qonunchiligidagi yuz bergan yangiliklarning keng yoritilishida hamkorlik qilish;
- migrantlar orasida Rossiya qonunlariga so‘zsiz itoat etishga chorlovchi turmush tarzini tarannum etish;
- migrantlarni Rossiya jamoatchiliginingn urf-odatlari va tartib-qoidalaridan xabardor qilish;
- migrantlarga bilan patent, ishga ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni olish borasida tushuntirish ishlarini olib borish;
- migratsiya sohasida ish olib borayotgan davlat organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- milliy diasporalar bilan yaqindan aloqalarni o‘rnatish, Rossiya migratsiya qonunchiligiga doir tushuntirish ishlarini olib borish.
Tashkilot faoliyati nafaqat ishchi migrantlar auditoriyasiga, shuningdek ,u boshqa chet elliklar guruhlariga ham qaratilgan, jumladan:
- RF da vaqtinchalik boshpana topgan qochqinlar;
- bolalar va o‘smirlar;
- ayollar;
- ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar;
- ko‘p bolali oilalar;
- yoshlar va talabalar;
- qiyin ahvolga tushib qolgan insonlar;
- zo‘ravonlikka uchragan shaxslar.
2015 yilning so‘nggida «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkiloti «Migrant uyi» multifunksiyali markaz ochdi. Unga tashrif buyuruvchilar ruxsatnoma beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish muddati, tartiblari va unda yo‘l qo‘yilgan hatolar uchun qanday choralar ko‘rilishi borasida huquqiy axborotlarni ilk manbalardan olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Chet el fuqarolarining Rossiyada yashashlarini tartibga soluvchi Rossiya Federatsiyasi normativ huquqiy aktlari bilan bog‘liq muhim masalalarga bag‘ishlangan ko‘plab seminarlar o‘tkazildi.
«Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkilotiga «Moskva shahrida migrantlar odobiga oid tartiblar» qo‘llanmasi bilan bog‘liq davlat loyihasini amalga oshirish topshirildi. Mazkur loyihadan maqsad – poytaxtning chet el ishchi qatlamini Rossiya jamoatchiligiga moslashtirish dasturini amalga oshirish uchun yetarli infratuzilma, yuqori texnologiyali vositalarga ega ijobiy nufuzini qo‘llab - quvvatlash, shuningdek, moskvaliklar va migrantlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga qaratilgandir. Qo‘llanmani chop etish va tarqatishdan tashqari rusmigrant.com. innovatsion internet-resurs ishga tushirildi. Mazkur loyihalar millionlab odamlar auditoriyasini o‘ziga jalb qiloldi. Moskva shahri Ko‘p funksiyali migratsiya markazining statistik ma’lumotlari «Moskva shahrida migrantlar odobiga oid tartiblar» qo‘llanmasi samarali loyiha ekanini tasdiqladi: 2017 yilning birinchi kvartali Moskva shahrida patent berilishi 21 foizga ortgan.
2017 yilning 1 martidan 20 martigacha Moldova Respublikasi fuqarolari uchun berilgan amnistiya davrida «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkiloti moldovanlar uchun yagona axborot manbaiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar va YouTube kanallari orqali videomurojaatlar qilindi.
«Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkilotining rahbari Kalinin Aleksandr Valeriyevich «Moldovanlar diasporasi Kongressi» Mintaqalararo jamoat tashkilotining raisi, Moskva Hukumati qoshidagi millatlar ishlari bo‘yicha Kengashning Migratsiya siyosati va muhojirlarning Moskvada moslashuvi Komissiyasining raisi, Moskva hukumati huzuridagi milliy masalalar Kengashining a’zosi va Moskva viloyati miliy masalalar maslahat Kengashining a’zosidir.
Hozirda «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamoat tashkiloti tomonidan "90180.ru" sayti ishga tushirilgan. U Moskva hukumatining grantini oldi (2017 yil 4 iyuldagi № 414-PP Moskva hukumati qarori).
Bu migrantlar ommasiga ishlovchi birinchi resurs bo‘lib, u migrantlarni migratsiya sohasidagi muhim voqealardan xabardor qilishdan tashqari, barcha yuridik muammolarni hal etilishida yordam beradi.
"90180.ru" internet loyihasi migrantlarga axborot yetkazish berish orqali Rossiya hududida qonuniy yashashni targ‘ib etish bilan birga migrantlarni qonunbuzarlik keltirib chiqaruvchi jarima va mamlakatdan chiqarib yuborish holatlaridan chetlab o‘tishiga yordam berishni maqsad qilgan.
"90180.ru" saytida migratsiya sohasidagi Rossiya qonunchiligidan axborot beruvchi o‘ziga xos ma’lumot-ensiklopediya tuzilgan. Ma’lumotnoma o‘zida migratsiya sohasidagi federal qonunlar, normativ huquqiy aktlarni jamlagan.
Migrantlarga yuridik axborot yetkazib berishdan tashqari, resurs ko‘ngilochar kontentga ham ega. Mashhur migrantlar, milliy bayramlar, sayohat, milliy taomlar, rus tilini o‘rganishga alohida materiallar bag‘ishlangan. Bunday materiallar saytning omma orasida keng tarqalishiga, trafikning o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Saytdagi materiallar omma orasiga tezroq kirib borishi uchun, ular beshta tilga (o‘zbek, tojik, ozarbayjon, moldovan, ingliz) tarjima qilib berilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida alohida yuridik xizmat ish yuritmoqda. Uning mutaxassislari migratsiya bilan bog‘liq savollarga tezkor javob beradilar, ziddiyatlar vujudga kelganda, ularni oldini olish borasida maslahatlar beradilar.
Resursning Videokanali – haqiqatan xalq televideniyesidir. Odatga ko‘ra, jonli efirlarda migrantlarning eng muhim ijtimoiy muammolari, RF migratsiya qonunchiligining o‘ziga xos hususiyatlari muhokama qilinadi.
Foydali, zarur va ko‘ngilochar videokontentlar formati ishlab chiqilgan. Videokanal YouTube va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z o‘rniga ega. Barcha materiallar bilan uzluksiz 24/7 (ya’ni haftaning 7 kuni davomida 24 soat) rejimida tanishish mumkin.