Loyiha haqida

Siz O'zbekiston, Azarbayjon, Moldova, Tojikiston yoki Ukraina fuqarosimisiz?
Moskvada yashash va ishlashni rejalashtiryapsizmi?
Balki hozir poytaxtdadirsiz va qonuniy muammolarga duch kelgandirsiz?
Yoki oddiygina ba'zi shaxsiy sabablarga ko'ra mehnat migratsiyasi masalalari bilan qiziqayotgandirsiz?

Nihoyat kerakli manzilni topdingiz! "90180.ru" loyihamiz – siz uchun tashkil etildi.

Bu manba` Rossiya poytaxtida qanday qilib qonuniy shaklda yashash va ishlashni tushuntib va ko`satibgina qolmasdan (bizning o`z video-studiyamiz bor), turli hujjatlarni qanday rasmiylashtirishni aytib o`tamiz. Moskvadaning o`ziga xos elatlari va diasporalarining hayotidan lavhalarni etiboringizga havola qilish bilan birga, milliy taomlar, madaniyat va turli insonlar kechinmalari bilan ko`nglingizga yoqishga harakat qilamiz. Hatto huquqiy muammolarga duch kelayotgan kishilarga amaliy yordam ko'rsatishni ham rejalashtirganmiz.

Huquqshunos (yurist) mutaxassislarimiz saytimizda va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarimizda ("Odnoklassniki", "VKontakte", Facebook, Twitter) yuz berayotgan voqealarga tezkorlik bilan izoh keltirishadi. Migratsiya muammolari, shuningdek, Moskvadagi mehnat muhojirlaridan kelib tushgan barcha savollarga onlayn konsultatsiya orqali javob beramiz.

"90180.ru" loyihasining ilhom manbai va asoschisi – "Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko`maklashish" mintaqaviy jamiyat tashkilotining rahbari Aleksandr Kalinin. Shuningdek, u Moskva Hukumati qoshidagi millatlar ishlari bo'yicha Kengashning Migratsiya siyosati va muhojirlarning Moskvada moslashuvu Komissiyasining raisidir. Aleksandr Kalinin aslida shinavandalarimizga batafsil taqdimotga muhtoj emas. Uning YouTube-dagi kanali sizga ma'lum bo`lsa kerak va bu inson yuz minglab muhojirlarga o`z muammolarini hal qilishda yordam bergan.

Loyihamiz uchun "90180.ru" atamasining tanlanishi tasodifiy emas. Demak, "90/180" - bu 2014 yilining yanvar oyida qabul qilingan qonun. Bu qoidaga ko`ra, ``vizasiz mamlakatlardan`` kelib, ish patenti yoki maxsus ruxsatnoma olmagan xorijiy fuqarolarning 180 kun davomida Rossiyada ketma-ket 90 kundan ortiq turish huquqlari yo`q. Bu degani, 90 kundan keyin chet el fuqarosi o`lkamizni tark etishi va chegaradan qaytib kirishi kerak. Demak u darhol emas, 90 kundan keyingina o`lkamizga qaytib kira oladi. Ushbu qoidani buzganligi uchun katta jarimaga yoki jazoga tortiladi va ba'zi hollarda uning Rossiyaga kirishi besh yilgacha taqiqlanadi.

"90180.ru" saytining maqsadlari juda aniq:

- Biz Moskvada barcha mehnat muhojirlarini rasmiylashtirishning tarafdorimiz;

- Lekin biz noqonuniy migratsiyaga qarshimiz va uni tamoman tugatish uchun hamma narsani qilishga tayyormiz;

- Biz Moskvadagi barcha migrant ishchilarning huquqlariga rioya qilinishining tarafdorimiz;

- Biroq biz Rossiya qonunchiligining buzilishiga qarshimiz.

Shuningdek, "90180.ru" loyihasi besh tilda, yani azarbayjoncha, inglizcha, moldovacha, tojikcha, o'zbekcha va ukrain tillarida nashr etish bilan o'quvchilarimiz va tomoshabinlarning e'tiborini tortamiz.

Mazza qilib o`qib tamosha qiling va bemalol foydalaning!

"90180.ru" loyihasining manzili: 127521, Moskva, Sheremetyevskaya ko`chasi, 47.

Tel.: +7 (495) 320-90-80.

Elektron pochtamiz: info@90180.info (tahririyat); 90180@90180.info (huquqiy yordam).