Aleksandr Kalinin haqida

Kalinin Aleksandr Valeriyevich «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamiyat tashkilotining rahbari, «Moldova diasporalari Kongressi» mintaqalararo jamoat tashkiloti raisi, (ikkala tashkilot Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan) Moskva hukumati qoshidagi millatlar ishlari bo‘yicha Kengashning Migratsiya siyosati va muhojirlarning Moskvada moslashuvi Komissiyasining raisi, Moskva hukumati huzuridagi millatlar masalasi Kengashi a’zosi va Moskva viloyati millatlar masalasi bo‘yicha Maslahat kengashi a’zosi

1977 yil 16 fevral Moldava SSR, Belsi shahrida tug‘ilgan.
Ma’lumoti
Aleksandr Kalinin Belsi shahri Politexnika kollejida o‘qigan. 2000 yili Belsi shahar Aleku Russo nomidagi davlat universitetining yuridik fakultetini tomomlagan.
2013 yili Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi davlat xizmati Akademiyasini qizil diplom bilan tamomlagan va Xalqaro Moskva biznes oliy maktabining (MIRBIS) MBA (Master of Business Administration) dasturi bo‘yicha talim olgan.
Mehnat faoliyati
Moldaviyada
1998 yili inson huquqlari himoyasi Ligasi xalqaro jamoat tashkilotining shimoliy bo‘limi raisi etib saylangan. Shu yili mustaqil nomzod sifatida Moldova Rsepublikasi parlamenti deputatligiga nomzodini qo‘ygan.
A.V. Kalinin 1999 yildan xalqaro inson huquqlarini himoya qilish, o‘lim jazosini taqiqlash, so‘z erkinligini o‘rnatish kabi ishlar bilan shug‘ullanib kelgan.
2000 yili o‘qituvchilik faoliyati doirasida Belsi shahri Kriminologiya kollejida huquqiy tartib va kriminalistika fani bo‘yicha leksiyalar o‘qigan.
2003 yili Moldovaning shimoliy mintaqasidagi 62 jamoat tashkiloti A.V.Kalininni Moldova Respublikasi parlamentidagi vakili etib saylagan.
Rossiyada
2004 yil u Rossiyaga ko‘chib o‘tadi va tijorat ishlari bilan shug‘ullanadi.
2009 yili «Moldova diasporalari Kongressi» mintaqalararo jamoat tashkilotini tuzadi.
2015 yili «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamiyat tashkilotiga asos soladi.
Jamoatchilik ishlari
- 2009 yildan shu kunga qadar «Moldova diasporalari Kongressi» mintaqalararo jamoat tashkilotinini boshqarib keladi. Rossiya Federatsiyasi va Moldova Respublikasi ijro hukumati huzuridagi jamoat kengashlari (Moskva hukumati huzuridagi millatlar masalasi Kengashi, Moskva viloyati millatlar masalasi bo‘yicha Maslahat kengashi, Moldova hukumati qoshidagi xorijda yashovchi vatandoshlar Koordinatsiya Qo‘mitasi) doirasida migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida ishtirok etadi.
- 2015 yildan shu kunga qadar «Moskvadagi mehnat muhojirlariga ko‘maklashish» mintaqaviy jamiyat tashkilotini boshqarib keladi. Rossiya Federatsiyasi ijro hukumati huzuridagi jamoat kengashlari (Moskva hukumati huzuridagi millatlar masalasi Kengashi, Moskva viloyati millatlar masalasi bo‘yicha Maslahat kengashi) doirasida migratsiya masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida ishtirok etib kelmoqda.
- Migrantlarning ixtiyoriy tibbiy sug‘urtalashga doir dasturni ishlab chiqqan va bu dastur bo‘yicha Rossiyaning yirik sug‘urta kompaniyalari ishlab kelmoqda.
- Moldaviyalik immigrantlarlarga ma’lumotlar yetkazish borasida keng ko‘lamli aksiya o‘tkazgan. Moldova Respublikasi fuqarolari uchun 2017 yil 1 martdan 20 martgacha o‘tkazilgan amnistiya (avf) muddati ichida moldovanlar uchun deyarli yagona ma’lumot manbasi bo‘ldi.
- U Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbariyati tomonidan Moldova Respublikasi fuqarolari bilan yaxshi ishlar olib borganligi uchun a’lo baholandi. Bunday hulosa Rossiya Federatsiyasi hududida Moldova Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan jinoyat va ma’muriy tartibbuzarlikning davomiy kamayib borayotganligi haqidagi statistik ma’lumotlarga tayanadi.
- Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun yuridik xizmat va bir nechta bepul maslahat onlayn-resurslarini tashkil qildi. Unda migrantlar tezkor muhim huquqiy ma’lumotlar,ishga ruhsat beruvchi hujjatlar tartibi va muddati borasida kerakli maslahatlar oladilar va yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik uchun berilajak sanksiyalar bilan birinchi qo‘ldan ("Dom migranta" ko‘p funksiyali markaz resurslari www.moldova.ms, www.90180.info, www.rusmigrant.com) tanishadilar.
- Davlat loyihasi doirasida «Moskva shahrida migrantlar uchun odob-ahloq tartiblari» qo‘llanmasini yaratish va tarqatish ishlarini amalga oshirdi. Loyihadan maqsad chet el fuqarolarini rossiyaliklar jamiyatiga moslashuvi va singib borishiga oid dasturni tadbiq qilish uchun yuqori texnologiya vositalariga ega poytaxtning ijobiy nufusini ko‘tarish, shuningdek, moskvaliklar va migrantlar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishdir.
Moskva shahri Ko‘p tarmoqli migratsiya markazining statistik ma’lumotlari «Moskva shahrida migrantlar uchun odob-ahloq tartiblari» qo‘llanmasining muhim loyiha ekanini tasdiqladi: 2017 yilning birinchi kvartalida Moskva shahri uchun berilajak mehnat patentlari soni 21 foizga ortgan.
Jamoat-siyosiy yondashuvi
Aleksandr Kalinin millatlararo totuvlikni faol qo‘llab- quvvatlaydi, migrantlarning qonuniy ishlashini yoqlagan holda, Rossiya hududidagi migratsiya oqimini qattiq nazorat ostiga olish tarafdoridir.
Shu bilan birga u muhojirlar jinoyati va ksenofobiya o‘rtasida migratsiya mavzusini tiqishtirish samarasiz yo‘l ekaniga urg‘u beradi.
Oilasi
Uylangan, ikki o‘g‘ilni tarbiya qilmoqda.
Unvonlari
Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill tomonidan Rus Pravoslav Cherkovining «Muqaddas havvoriyga teng buyuk knyaz Vladimirning 1000 yillik xotirasi» ga bag‘ishlangan medali bilan taqdirlangan.